Andijon shahrida mayning ferma tashkil qilganlar ushlandi

O‘zbekiston 08:54 / 27.07.2024 3720

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi, viloyat IIB hamda “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro D.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon shahri, Savdogarlar ko‘chasidagi xonadonda tijorat maqsadida 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shug‘ullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 413,4 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: