«Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
- ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;
- ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
1 bosqichda – 10 yil muddatga;
- investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:
2-bosqichda – 10 yil muddatga;
3-bosqichda – 29 yil muddatga.
Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
elektron onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo‘jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.