Intellektual mulk bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:56 / 26.07.2024 1287

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.

Intellektual mulk sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • nazorat xaridini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirish qoidalari;
  • nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini o‘rganish tartibi;
  • intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini baholash mezonlari;
  • nazorat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirish tartibi.

Adliya organlari tomonidan rejali nazorat xaridini amalga oshirish jadvali ilgari intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan sotuv nuqtalari faoliyatini tahlil qilish asosida shakllantiriladi.

Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Tovarlarni tekshirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • intellektual mulk obektining ro‘yxatdan o‘tkazilgan obektlar bilan iste’molchini chalg‘itish darajasigacha o‘xshashligi;
  • tovarlarda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obektlarini takrorlash yoki tarqatishda qonuniylikka rioya etilishi;
  • tovar ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasining mavjudligi, shuningdek bunday shartnomalarning Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi.
Ko‘proq yangiliklar: