Toshkentda fuqaroning suratini “firibgar” yozuvi bilan tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan shaxs ushlandi
Toshkentda erkak ayol kishining fotosuratini axborot saytlaridan biriga “firibgar” yozuvi ostida chiqarib yuborishini aytib, undan 7,5 mln so‘m pul talab qildi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi 29 yoshli G.A. Mirobod tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qila boshlagan 37 yoshli F.X.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Ayolning arizasiga asosan, gumonlanuvchi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi

10:11 / 24.02.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi

08:40 / 23.01.2025
Toshkentda Ozarboyjon fuqarolaridan pul talab qilgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

08:43 / 16.01.2025