Iyun oyida IT Park University va Women in Tech IT sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlikni boshladilar. Ular tashkilotlar vakillari va a’lochi talabalar orasida ilhombaxsh uchrashuv o‘tkazdilar. Tadbirning asosiy maqsadlari IT Park University faol talabalari va ularning karera hikoyalari bilan tanishish, Women in Tech tashkilotining faoliyati, missiyasi, maqsadlari va yaqin rejalarini taqdim etish edi. Shuningdek, IT Park University Women in Tech ambassadorlik dasturi taqdim qilingan birinchi universitet bo‘ldi.
Women in Tech — xalqaro notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi gender tengsizligini kamaytirish va ayollarga IT texnologiyalarni o‘zlashtirishga yordam berishdir. Hamjamiyatning missiyasi ayollar raqamli muhitda muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan dunyoni yaratishdir. Tashkilotda qatnashish tajriba, bilim va potensial loyiha sheriklari tarmog‘ini ta’minlaydi.
*Women in Tech tashkilotining aloqa ma’lumotlari maqola oxirida ko‘rsatilgan.
Uchrashuv IT Park University bosh direktori Bahodir Ayupovning samimiy kirish so‘zi bilan boshlandi, u texnologiya sanoatida tenglik va ayollarni qo‘llab-quvvatlash ahamiyatini ta’kidladi. Uning so‘zlari auditoriyada aks sado yaratib, tadbirga ton berdi.
Women in Tech Uzbekistan direktori Anna Ambrozevich va yoshlar elchisi Kristina Vanina Women in Tech dasturi va missiyasi tafsilotlarini taqdim qildilar. Ular IT sohasida ayollar uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishning ahamiyatini ta’kidladi, tashkilot tashabbuslarida ishtirok etishga chaqirdilar. IT Park University talabalari ham IT’ga kirish yo‘llari haqidagi hikoyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
“Ikki yil oldin men turli sohalarni o‘rgandim: ko‘chmas mulk savdosi, buxgalteriya, grafik va harakatli dizayn, marketing. Bir yil oldin esa Koreyada biznes-administratsiya yo‘nalishida o‘qidim. Agar o‘shanda kimdir menga Women in Tech tadbirida IT talabasi sifatida nutq so‘zlaysan, desa, men ishonmagan bo‘lardim. O‘zbekistondagi ko‘pgina yosh ayollar kabi menda ham raqamli texnologiyalar sohasi haqida stereotipik qarashlar bor edi, uni qiyin va zerikarli deb hisoblardim.
Sakkiz oy ichida IT sohasi menga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etdi. Men IT Park University tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan amaliyotga Ispaniyaga bordim, Malaga, Kaseres va Madridga tashrif buyurdim. Biz EPAM ofislarida master-klasslar o‘tkazdik, u yerda nutq so‘zlovchilardan biri bizning ishimiz biznes jarayonlariga katta ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatib berdi. Bu mening yangi ishonchimni mustahkamladi, IT nafaqat kodlash, balki biznes muammolarini hal qilish va qimmatli mahsulotlar yaratishdir,” — dedi IT Park University ikkinchi kurs talabasi Nigora Mammadaliyeva.
Asosiy dasturdan so‘ng, ishtirokchilar tadbirning asosiy jihatlarini muhokama qilgan faol savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. Hamma kofe-breyk, tarmoqlashuv va universitet bo‘ylab ekskursiyadan bahramand bo‘ldi.
“Har bir hikoya meni hayratga soldi! Men hech qaysi chiqishni alohida ayta olmayman, chunki bugun nutq so‘zlagan har bir talabaning o‘z ishiga bo‘lgan ishtiyoqi beqiyos edi. Ular o‘z faoliyatida hech qanday to‘siqni ko‘rmaydilar, yoshlaridan va davlatlaridan qat’i nazar, xalqaro amaliyotlarga osonlikcha boradilar. Biz bunday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazishimiz kerak — bu ajoyib boshlanish. Qizlar uchun bu kabi uchrashuvlar imkoniyatlar haqida bilib olish va ulardan foydalanish uchun juda muhimdir. Bu platformada ular o‘z hikoyalarini gapira oladilar va qo‘llab-quvvatlovchi hamjamiyatning bir qismi bo‘la oladilar,” — deb o‘rtoqlashdi Anna Ambrozevich, O‘zbekistondagi Women in Tech asoschisi.
Shuningdek, IT Park University ikkinchi kurs talabasi Shohista Rahimova IT yo‘lida mustahkam qat’iyat va yetakchilikni ko‘rsatdi va O‘zbekiston universitetlari orasida Women in Tech’ning birinchi rasmiy elchisi bo‘ldi.
“Men uchun Women in Tech’ning bir qismi bo‘lish va STEM (science, technology, engineering and mathematics)ga ko‘proq qizlarni jalb qilishga yordam berish katta sharafdir. Albatta, men bizning hamjamiyatga ko‘proq qizlarni jalb qilishimiz va ularning yo‘lida zarur qo‘llab-quvvatlovni taqdim qilishimizga ishonaman. Women in Tech a’zosi bo‘lish istagimni amalga oshirishga yordam bergani va talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etayotgan IT Park University’ga minnatdorchilik bildiraman,” dedi IT Park University ikkinchi kurs talabasi va Women in Tech elchisi Shohista Rahimova.
Women in Tech hamjamiyati haqida ko‘proq ma’lumot olish va a’zo bo‘lish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring. IT Park University talabalik hayoti va bo‘lajak tadbirlar haqida Instagram va universitet veb-saytida ma’lumot olishingiz mumkin.
Bizga qo‘shiling va IT Park University hamda Women in Tech bilan IT sohasida muvaffaqiyatli karera yarating!
IT Park University telefoni: (+998) 55-503-99-99.