TDYuU huzuridagi akademik litseylarga kirish imtihonlari kuni va vaqti aniq bo‘ldi

O‘zbekiston 18:25 / 23.07.2024 2959

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari kuni va vaqti quyidagicha belgilandi:

- Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy manzilida joylashgan «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasining 2-pavilyonida, Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko‘chasi, 98 «A» uyda joylashgan «Yoshlik» sport majmuasida.

- Namangan viloyat akademik litseyi - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Namangan shahri, Istiqlol ko‘chasi 3-uy Barkamol avlod sport majmuasi markaziy arenasida;

- Samarqand viloyat akademik litseyi - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Samarqand shahri, Ro‘dakiy ko‘chasi, 243-uy manzilida joylashgan Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida.

Abituriyentlar test sinovlariga kirish uchun litsey.uzbmb.uz elektron platformasidan ruxsatnomani yuklab olib, uni chop etilgan holda soat 07:30 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki ID karta) bilan borishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: