Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi

O‘zbekiston 14:32 / 22.07.2024 3832

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26 iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligining test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilov ma’lum qildi.

Test sinovlari uchun 1-smena – 09:00da, 2-smena – 15:00da boshlanadi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Ko‘proq yangiliklar: