Qarshidagi korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 10:24 / 21.07.2024 12948

Qarshi shahrida joylashgan korxonaning ishlab chiqarish binosi yonib ketdi. Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 20 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga "ALP TEXNO SERVIS" xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat taxminan 20:10 larda to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida MChJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar ko‘rgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida binoning 1 500 metr kvadrat maydoni qismi yong‘indan asrab qolingan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: