Toshkentdagi 75 ta mahalladan chiqindilarni olib ketish xizmati “Maxsustrans”ga qaytariladi

O‘zbekiston 16:43 / 20.07.2024 5277

Bundan tashqari, yana 65 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadigan korxonalar bilan bitim muddati 6 oy muddatga sinov tariqasida uzaytiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Sanitar xizmat ko‘rsatuvchi muqobil korxonalar bilan DXSh bitimlari 2019 yil fevralida, 5 yil muddatga tuzilgan.

Bitim muddati uzaytirilmaydigan korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatib kelingan mahallalar “Maxsustrans-IChB” DUKga topshiriladi.

Bunday korxonalarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari billing tizimi bilan taqqoslanib, haqqoniyligiga aniqlik kiritiladi. Ularning boshqaruviga berilgan moddiy boyliklar va yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklar xatlov natijalariga ko‘ra davlat tomonidan qayta qabul qilib olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: