Poytaxt hokimi qaroriga ko‘ra, 2024 yilning 1 iyuniga qadar bunday obektlarni qonuniylashtirish imkoniyati berilgan.
Demontaj ishlari hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti hisobidan amalga oshiriladi. Milliy gvardiya demontaj vaqti jamoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Poytaxtda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obektlarini demontaj qilish ishlari 2024 yil 31 dekabrga qadar yakunlanadi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ demontaj qilinishi kerak bo‘lgan tashqi reklama va axborot obektlarini majburiy tartibda elektr tarmog‘idan uzish choralarini ko‘radi.