Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmasligi mumkin

Jahon 21:14 574

Rossiya Davlat Dumasiga migrant bolalarni rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatsiz maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan «Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari maktabga kirishi uchun rus tili test sinovidan o‘tishi shart. Testdan o‘ta olmaganlar maktabga olinmaydi.

Hujjatda aytilishicha, sinov tartibi va uning mezonlari Rossiya Ta’lim vazirligi va «Rosobrnadzor» tomonidan belgilanishi kerak. Shu bilan birga, qonun loyihasida test sinovlari bepul amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Deputatlar qonun loyihasini 10 dekabr kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Qonun qabul qilinsa, 2025 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: