"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Vengriya vakili O‘zbekiston tomoni bilan favqulodda vaziyatlarni boshqarish va tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bu borada tajriba almashish, o‘zaro tashriflar tashkil etish, shuningdek, aniq tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha yaqin aloqalar o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.