O‘zbekiston va Britaniya intellektual mulk obektlari himoyasi bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston 13:12 / 20.07.2024 1374

"Dunyo" xabariga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston adliya vazirining o‘rinbosari Muzrof Ikromov va Britaniya Intellektual mulk idorasi bosh direktori Adam Uilyams tomonidan imzolandi.

Ikki tomonlama uchrashuv joriy yilning 9–17 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishining 65-sessiyasi doirasida tashkillashtirildi.

Mazkur memorandum bir qator yo‘nalishlarni, jumladan, ekspertiza jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashish, intellektual mulk sohasida kadrlarni tayyorlash, intellektual mulk obektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish kabi sohalarni qamrab oladi.

Hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uch yil davomida amal qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: