Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayyenni tabrikladi

O‘zbekiston 13:35 / 19.07.2024 2091

Davlat rahbari o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishda, mamlakatimizdagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Yevrokomissiya prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida ta’kidladi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuksak bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirildi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadigan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tez orada imzolash tarafdori ekani qayd etildi.

“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘lishiga aminman", - deyiladi prezident maktubida.

Ko‘proq yangiliklar: