O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizgacha ko‘tarildi

O‘zbekiston 14:33 / 19.07.2024 2409

Nashrda yozilishicha, Senatning 2021 yil 28 maydagi qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi" xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglik tamoyilini tatbiq etishdagi keng qamrovli yondashuvni nazarda tutadi

"Amalda esa natijalar yanada salmoqli. Xususan, gender siyosati sabab – so‘nggi yetti yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida gender tenglikka erishish borasidagi tizimli ishlarni sarhisob qilib, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi birinchi marta 35 foizga yetganini alohida qayd etdi", – deya ta’kidlangan materialda.

Mamlakatda Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizini ayollar tashkil etmoqda. Tadbirkor ayollar safi ikki barobarga ko‘payib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan ayollar soni 205 mingdan oshdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Cog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan qizlar soni 6 barobarga ko‘payib ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

El Mundo Financiero tarqatgan maqolada, shuningdek, "O‘zbekistonda bu borada olib borayotgan tizimli chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda. Xususan, Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi", deb yozilgan.

Ko‘proq yangiliklar: