O‘zbekistonda qariyb 40 millionga yaqin kitob fondi raqamlashtiriladi

O‘zbekiston 12:02 / 19.07.2024 1427

Unda qayd etilishicha, kutubxonalar ta’lim, madaniyat va jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, bilimga kirish, madaniy merosni saqlash va aqliy o‘sishni ta’minlash uchun bebaho manba hisoblanadi. Zamonaviy axborot jamiyatida ular har yoshdagi odamlarning ta’lim olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishiga ko‘maklashuvchi muhim institut bo‘lib qolmoqda.

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini ommalashtirishga, aholida kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish va barcha uchun kutubxona va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasida asosiy maqsadlar sifatida yosh kitobsevarlar sonini besh millionga yetkazish, har yili 100 ta badiiy asar va bolalar hamda o‘smirlar uchun 50 ta kitob yaratish, "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" ko‘p jildlik va "Jahon bolalar adabiyoti durdonalari" 100 jildligini o‘zbek tilida nashr etish hamda qariyb 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: