“Microsoft” ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmadi

O‘zbekiston 15:13 / 19.07.2024 4082

“Windows” operatsion tizimidagi global nosozliklar sabab dunyo bo‘ylab parvozlar bekor qilinib, aeroportlar faoliyati to‘xtatilmoqda, telekanallarda uzilish kuzatilyapti.

Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” rasmiy munosabat bildirib, bu vaziyat O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi.

Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishda dasturiy nosozliklarga duch kelgan taqdirda, Uzbekistan Airports aviatashuvchilarga o‘zining muqobil ro‘yxatga olish tizimini taklif qilishga tayyor”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston aeroportlari xizmati parvozlar holati bilan rasmiy sayt yoki +99855 501 45 55 raqamidagi yagona aloqa markazi orqali tanishish mumkinligini eslatgan.

Ma’lumot uchun, operatsion tizim bilan bog‘liq muammo “CrowdStrike” axborot xavfsizligi yechimlari provayderining yangilanishidagi xato bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar “Windows 10” qurilmalarida “ko‘k ekran” chiqayotganidan shikoyat qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: