Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Joriy yilning 18 iyul kuni u O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi.
«Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Zeavit Ben-Hillel 2020 yilda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini egallagan edi. Ilgari u Isroil TIVning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.