ADM Global O‘zbekistonda minginchi Kia Sonet avtomobilini sotilishiga muvaffaq bo‘ldi

O‘zbekiston 16:17 / 19.07.2024 14944

16 iyul kuni Kia Sergeli rasmiy dilerlik markazida 1000 - Sonet avtomobilining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yubileyli Sonet’ning baxtli sohibiga Kia’ning istalgan rasmiy servis markazida 2 ta texnik xizmat ko‘rsatish uchun sertifikat va brendning esdalik sovg‘alari topshirildi.

To‘rt oydan kamroq muddat davomida 1000 ta avtomobilning sotilishi O‘zbekiston avtomobil reytingida yetakchi o‘rinlarni egallashga imkon beradigan muhim yutuqdir.

Kia Sonet: Ixcham krossoverlar dunyosidagi yangi qadam

Kia Sonet o‘zining so‘nggi urfga xos dizayni, a’lo darajadagi samaradorligi va ilg‘or texnologiyalari tufayli ixcham krossoverlar segmentidagi yangi standartlarni o‘rnatmoqda. Xoh tashqi ko‘rinish bo‘lsin, xoh salonning qulayligi yoki funksional imkoniyatlar bo‘lsin, Sonet haydovchilarning talablarini to‘liq qondira oladi. Kia avtomobil sanoatida yangi standartlarni o‘rnatishda davom etmoqda va Sonet brendning avtomobillarni yaratishga bo‘lgan ilg‘or yondashuvining yorqin namunasidir.

Kia Sonet yo‘llarda o‘ziga xoslikni ta’kidlay oladigan ixcham krossoverni izlayotganlar uchun ishonchli tanlovdir. Uning mustahkam konstruksiyasi, boy ichki jihozlanishi va dinamik xususiyatlari kichik avtomobillarda ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Avtomobillarning xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan brendning saytida yoki Kia’ning rasmiy dilerlik markazlarida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33.

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Ko‘proq yangiliklar: