O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakat ma’lum qilindi

Jamiyat 11:10 / 17.07.2024 4960

2024 yilning yanvar-iyun oylarida 2,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 foizga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining turistik maqsadlarda eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlari:

  • Qirg‘iziston – 1 251,5 ming nafar;
  • Tojikiston – 560,6 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 420 ming nafar;
  • Rossiya – 122 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 104,6 ming nafar;
  • Turkiya – 91,8 ming nafar;
  • BAA – 62,6 ming nafar;
  • Misr – 17,6 ming nafar;
  • Kuvayt – 16,7 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 10 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.
Ko‘proq yangiliklar: