Oltinning birjadagi narxi oshib, rekord darajaga yetdi

Jahon 19:38 / 17.07.2024 2789

16 iyul kuni oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi, chunki sentabr oyida foiz stavkalarining pasayishi kutilmalari yombilariga talabni oshirdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Oltin fyucherslari sessiya davomida 2474,5 dollarlik yangi kunlik rekordni qayd etdi, shundan so‘ng, savdolar bir unsiya uchun rekord darajadagi 2467,8 dollar narx bilan yopildi. Oltin fyucherslari narxi bu yil 19 foizdan oshdi.

Oltinning spot narxi (bozor to‘lashga tayyor bo‘lgan eng yuqori narx) sessiya davomida bir unsiya uchun 2468,68 dollargacha ko‘tarildi. London fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu inflatsiyani hisobga olmaganda, 1968 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Oltin narxi shu yil boshida rekord darajaga yetdi, shundan so‘ng, qimmatli qog‘ozlar foizlariga bo‘lgan yuqori stavkalar tufayli, sarmoyadorlarning qimmatbaho metalga bo‘lgan ishtiyoqi biroz «sovigan» edi.

Biroq, iyun oyidagi inflatsiya ko‘rsatkichlarining sust ekani va AQSh Federal rezerv tizimi raisi Jyerom Pauellning bu yil stavkalar pasayishi haqidagi izohlaridan so‘ng, oltinga bo‘lgan qiziqish yana ortdi. Shuningdek, dollar kursining pasayishi ham oltinga talabni oshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: