17 noyabr, yakshanba kuni Rossiyaning Sumi shahriga kechki zarbasi natijasida raketa turar joy binosiga kelib urilgan. Hujum oqibatida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi, deya xabar beradi Ukraina Milliy politsiyasi.
Sumi shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘qqiz yoshli bolakay va 14 yoshli qiz halok bo‘lgan, 55 nafar yoshi kattalar va 8 nafar bola jarohatlangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati shikastlangan uy vayronalari ostidan 400 dan ortiq odam evakuatsiya qilinganini tasdiqladi. Qo‘shni oltita ko‘p qavatli uyning oynalari singan, to‘rtta avtomobil yo‘q qilingan.
«Sumidagi to‘qqiz qavatli binoga raketa zarbasi berildi, barcha zarur xizmatlar hozirda ishlamoqda, qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda, ularning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegramʼdagi kanalida.
Yarim tundan keyin Rossiya armiyasi Sumiga yana raketa zarbasi berdi. Hujum natijasida shaharda elektr energiyasi uzilgan, deb xabar qildi Sumi oblasti harbiy ma’muriyati.