Miluoki shahrida o‘tkazilayotgan Respublikachilar partiyasining qurultoyi vaqtida pichoq bilan qurollangan erkak xavfsizlikni ta’minlagan politsiyachi tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Anadolu yozdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Qurultoy vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun Ohayo shtatidan kelgan politsiya xodimi voqea joyi yaqinida shubhali odamni payqagan. Guvohlarning aytishicha, erkak ikki pichoqni ushlab, politsiyachiga qaratgan. O‘z navbatida, xavfsizlik xodimi uni otib tashlagan.
13 iyul kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga saylovoldi tashviqoti chog‘ida suiqasd sodir etilgan edi.
16 iyul kuni Tramp Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyida ishtirok etdi va rasman prezidentlikka nomzod sifatida e’lon qilindi.
Tramp 18 iyul kuni qurultoyda nutq bilan chiqishi kutilmoqda.