KXDR harbiylari delegatsiyasi rahbari Moskvada cho‘kib ketdi

Jahon 23:15 / 16.07.2024 15400

Erkak “Angstrem” plyajiga dam olish uchun borgan, oradan bir necha soat o‘tgach uning hamkasblari to‘polon ko‘tarib, politsiyaga murojaat qilgan. Chet ellik mehmonni bir necha soat qidirib topa olishmagan. Ertasi kuni KXDR fuqarosining jasadi suv yuziga qalqib chiqqan.

Reutersʼning qayd etishicha, vafot etgan fuqaro Kim Ir Sen nomidagi harbiy universitetga rahbarlik qilgan. Kim Kum Cheol Moskva va Pyongyang o‘rtasida umumqamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan so‘ng Rossiyaga ikki davlat o‘rtasidagi almashinuv doirasida kelgan elita delegatsiyaga rahbarlik qilgan. Tashrifning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmayapti.

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar iyun oyida Putinning Pyongyangga tashrifidan so‘ng yangi impuls oldi. Tashrifdan so‘ng, KXDR o‘zining injyenerlik qo‘shinlarini Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlariga “tiklanish ishlari”ni amalga oshirish uchun jo‘natishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Janubiy Koreya radiosi ma’lum qilgan.

19 iyun kuni Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Jong-Un harbiy ittifoqchilikni bildiruvchi strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya tomonlardan biriga nisbatan agressiya ro‘y berganida bir-biriga yordam qilishadi. Garchi BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalari bilan taqiqlangan bo‘lsa-da, Putin KXDR bilan harbiy-texnik hamkorlik qilinishini ham inkor etmagan.

Ko‘proq yangiliklar: