Suv xo‘jaligi sohasida huquqbuzarlik holati haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston 09:57 / 15.07.2024 3852

“Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi sohasida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni:

  • har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish;
  • ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yurishlari va tegishli farqlash belgilarini taqishlari;
  • formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
  • Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligi oshirish maqsadida Inspeksiya xodimlari 142 ta skuter yoki uning muqobili bilan ta’minlanadi.
Ko‘proq yangiliklar: