JSST talk kukunini saraton xavfini oshiruvchi moddalar ro‘yxatiga kiritdi
13 mamlakatdan jalb etilgan 29 nafar ekspert o‘rganish olib borib, talk kukunidan foydalangan ayollarda tuxumdon saratoni bilan kasallanish holatlari ko‘payganini qayd etgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Talk kukuni saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti huzuridagi Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) talk kukunini potensial kanserogen moddalar (saraton kasalliklari rivojlanish xavfini oshiruvchi moddalar) ro‘yxatiga kiritgan. Buning uchun 13 mamlakatdan jalb etilgan 29 nafar ekspertdan iborat ishchi guruh o‘rganishlar olib borgan. Mazkur jarayonda talk kukunidan foydalangan ayollarda tuxumdon saratoni bilan kasallanish holatlari ko‘paygani hisobga olingan.
“Qolaversa, sellyuloza-qog‘oz sanoatida xotin-qizlarning talk bilan ta’sirlanishiga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham tahlil qilib chiqildi. Shu tariqa bu mineral 2A xavf guruhiga mansub, deb tasniflandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, talk kukuni bilan ishlov berilgan tajriba kalamushlarida xavfli o‘smalar rivojlanishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, talk yer ostidan qazib olinadigan tabiiy mineral bo‘lib, ko‘pincha bolalar kukuni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Mavzuga oid

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

23:10 / 25.02.2025
JSST: 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holati 68 foizga oshadi

16:42 / 21.02.2025