JSST: 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holati 68 foizga oshadi
Har 20 ayoldan biri hayoti davomida ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanadi va bu uni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasallikka aylantirmoqda.

Foto: Getty images
Tadqiqotchilar keyingi o‘n yillikda ko‘krak bezi saratoni tashxisi va o‘lim darajasi butun dunyo bo‘ylab keskin o‘sishini kutmoqda — kasallikning eng yuqori ko‘rsatkichi Shimoliy Yevropada qayd etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda 2,3 million ayolda onkologik kasalliklar aniqlangan bo‘lib, ularning 670 ming nafarini muqarrar o‘lim kutmoqda.
Har 20 ayoldan biri hayoti davomida ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanadi va bu uni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasallikka aylantirmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Saratonni o‘rganish bo‘yicha xalqaro agentligining yangi prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratoni oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari 68 foizga, kasallikning yangi holatlari soni esa 38 foizga oshadi.
Ta’kidlanishicha, bu 3,2 million yangi holat va yiliga 1,1 million o‘limni tashkil etadi.
«Dunyoda har daqiqada to‘rt nafar ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yiladi, bir nafar ayol vafot etadi va bu statistika yomonlashmoqda», — deydi agentlik mutaxassisi Joanna Kim.
JSST hisobotida keltirilishicha, so‘nggi yillarda Kuba va 29 ta boy mamlakatda o‘lim darajasi pasaygan bo‘lsada, faqat yettitasi o‘limni yiliga kamida 2,5 foizga kamaytirish bo‘yicha global sog‘liqni saqlash maqsadlariga erishmoqda. Ushbu davlatlar — Belgiya, Daniya, Litva, Malta, Niderlandiya, Sloveniya va Shveytsariya. Yana bir nechta davlat ulardan biroz ortda qolmoqda: Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Norvegiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya.
Nature Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotda keltirilishicha, agar barcha mamlakatda kasallikni 2,5 foizga qisqartirish maqsadiga erishsa, 2050 yilga borib ko‘krak bezi saratonidan vafot etadiganlar soni qariyb ikki barobarga qisqaradi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
Jahon | 00:12
-
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
Jahon | 23:30 / 04.05.2025
-
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
Jahon | 22:44 / 04.05.2025
-
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Jahon | 21:57 / 04.05.2025
Mavzuga oid

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

20:13 / 29.04.2025
Olimlar birinchi marta saraton kasalligini proton yoyi bilan davoladi

23:42 / 25.04.2025
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

17:57 / 20.04.2025