Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
TikTokʼning yevropalik foydalanuvchilariga tegishli ma’lumotlar Xitoydagi serverlarda saqlangan - bu esa Yevropa Ittifoqi qoidalariga zid.

Foto: Getty images
Irlandiya Ma’mulotlarni himoya qilish komissiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasini 530 million yevro jarimaga tortdi.
Qayd etilishicha, jarima TikTok yevropaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoyga noqonuniy ravishda yuborgani va foydalanuvchilar bilan yetarlicha shaffof bo‘lmagani sabab belgilangan.
Kompaniya ma’lumotlarni Xitoyga o‘tkazgani uchun 485 million yevro va maxfiylik siyosatida shaffoflik yo‘qligi uchun 45 million yevro jarimaga tortildi.
Shuningdek, komissiya ByteDance’ga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish uchun olti oy muhlat berdi.
Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya TikTokʼning yevropalik foydalanuvchilari ma’lumotlarini Xitoydagi serverlarda saqlagan, natijada XXR hukumati ulardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Bu yevropaliklarga oid ma’lumotlarni boshqa davlatlar hukumatlariga berishni taqiqlovchi YeI qoidalariga zid hisoblanadi.
TikTok vakillari regulyator qarori ustidan shikoyat kiritishlarini bildirib, ular hech qachon Xitoy hukumatidan Yevropa fuqarolariga oid ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha so‘rov olmagani va bunday ma’lumotlarni hech kimga taqdim etmaganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Yevropa komissiyasi Amerikaning Apple va Meta korporatsiyalarini raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun jarimaga tortgandi. Kompaniyalar o‘zlarining bozordagi mavqeini suiiste’mol qilib, raqobatni cheklagan. Shu bois endi Apple 500 million yevro, Meta esa 200 million yevro miqdorida jarima to‘lashi kerak.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

17:34 / 17.07.2025