Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyo aholisining 2,5 milliardi eshitish bilan bog‘liq turli muammolarga duch keladi.

Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi ofisi rahbari Botir Berdiqlichev bugungi kunda 1 milliarddan ortiq inson musiqa tinglash odatlari tufayli eshitish qobiliyatiga shikast yetkazish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi.
«1 milliarddan ortiq yoshlar noto‘g‘ri tinglash odatlari tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida ekani juda tashvishli, ammo to‘g‘ri xatti-harakatlar bilan buning oldini olish mumkin», — deydi u.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, 2,5 milliardga yaqin odamning eshitish qobiliyatida buzilishlar kuzatiladi va kamida 700 million kishi eshitish qobiliyatini yo‘qotgani sababli reabilitatsiyaga muhtoj bo‘ladi.
Eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri — bu eshitish hujayralariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan juda baland tovushlar ta’siri. Ammo vaqtida chora ko‘rish orqali buning oqibatida yuzaga keladigan holatlarning 60 foizining oldini olish mumkin. Eng samarali profilaktik chora — tinglashda xavfsizlik normalariga rioya qilishdir.
Musiqani xavfsiz tinglash uchun ma’lum standartlar mavjud, ammo ko‘plab yoshlar ularni e’tiborsiz qoldiradi, bu esa eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfini oshiradi. Hozirgi vaqtda dunyo aholisining taxminan 5 foizi eshitish qobiliyatini yo‘qotishdan aziyat chekmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet»da 823 ta mahallaga tanaffus berildi
O‘zbekiston | 22:42
-
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi
Jamiyat | 22:19
-
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi
Jahon | 21:58
-
Pul qayerga ketdi? Kundalik xarajatlarni qayd etib borish uchun 3 ta bepul ilova
Iqtisodiyot | 21:47
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:25 / 01.07.2025