Shavkat Umurzoqov mahalliy kengash deputati etib saylandi

O‘zbekiston 11:38 / 02.07.2024 6805

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov mahalliy kengash deputati etib saylandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tgan. 

Sessiyada Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupov hududda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Umurzoqov xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining deputati etib saylangan. 

Sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksiga ko‘ra, tegishli mahalliy kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: