Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi

Jahon 17:52 / 19.12.2024 2291

Abxaziya parlamenti oldida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda voqea joyidagi muxbirlariga tayanib, «Apsnipress» xabar berdi.

Qayd etilishicha, otishma oqibatida ikki nafar deputat yaralangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, deputatlardan biri — Vaxtang Golandziya olgan jarohati oqibatida vafot etgan.

Yana bir deputat — Kan Kvarchiya qo‘lidan yaralangan bo‘lib, respublika shifoxonasida unga yordam ko‘rsatilmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani deputat Adgur Xaraziya uyushtirganlikda gumonlanmoqda, u voqea joyidan yashiringan. Parlament binosida IIV va prokuraturaning tergov guruhlari ishlamoqda.

Abxaziya prezidenti vazifasini bajaruvchi Badra Gunba kuch tuzilmalari vakillarining sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha hisobotini tinglagan. Yig‘ilish ishtirokchilari tergov boshlanganini ma’lum qilgan.

Mahalliy AMPA-Life Telegram kanalining yozishicha, parlament yig‘ilishida mayningni taqiqlashga oid qonun loyihasi muhokama qilingan. Shu payt Adgur Xaraziya va Kan Kvarchiya o‘rtasida janjal boshlangan, Vaxtang Golandziya esa ularni ajratishga uringan.

Ko‘proq yangiliklar: