Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda “zapravka”lar tarmog‘ini tashkil etadi

Iqtisodiyot 10:43 / 01.07.2024 4020

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “FIVE Petroleum Malaysia” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori King Lim Chin Fui bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi

Muloqot chog‘ida Malayziya kompaniyasi rahbari bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilingan.

King Lim shu yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda viloyat hokimligi bilan alyuminiy bankalar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha erishilgan kelishuvni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan.

“FIVE Petroleum Malaysia” rahbari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan alyuminiy bankalarini yetkazib berishda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Malayziya tomoni bilan Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani ham amalga oshirish ishlarini boshlashga kelishib olingan.

“FIVE Petroleum Malaysia” kompaniyasiga 2020 yilda asos solingan. Kompaniya Malayziya bo‘ylab 110 dan ortiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarini boshqaradi. Shuningdek, 400 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ega “BHPetrol” kompaniyasining 60 foiz ulushiga egalik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: