Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston 14:30 / 29.06.2024 3490

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Germaniyaning mamlakatdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinnerni qabul qildi.

"Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinner janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – Janob elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida O‘zbekiston-Germaniya hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Tilo Klinner 2021 yildan buyon Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2018 yildan 2021 yilgacha Qozog‘istondagi elchi sifatida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: