Yevropa Ittifoqi va Ukraina xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Jahon 21:10 / 27.06.2024 1837

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlag to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

YeI va Ukraina rahbarlari tomonidan imzolangan kelishuv xavfsizlik va mudofaa siyosatining to‘qqiz jabhasi, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish, harbiy tayyorgarlik, mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorlik va minalardan tozalash bo‘yicha Yevroittiofq va Kiyevning hamkorligini nazarda tutadi.

Xususan, imzolangan hujjatning bo‘limlaridan birida aytilishicha, YeI uzoq muddatli istiqbolda Ukrainani harbiy texnika bilan ta’minlashi, Ukraina qurolli kuchlari askarlarining harbiy tayyorgarligi, mamlakatda mudofaa islohotlarini o‘tkazish, mudofaa sanoati, kiberxavfsizlik, razvedka ma’luotlari bilan almashish sohasida hamkorlikni ta’minlaydi.

Kelishuv to‘rt yillik Ukraine Facility dasturi doirasida Ukrainaga 50 mlrd yevro moliyaviy yordam yetkazilishini ham kafolatlaydi. Hujjatda Ukrainaga yordam berish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan foydalanish alohida qayd etilgan.

24 iyun kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Joxep Borrel Yevropa Ittifoqi va Ukraina iyun oyi oxirigacha xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorlanayotganini e’lon qilgan edi.

Shu kuni Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydani Ukraina uchun qurol-yarog‘lar sotib olish uchun ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishganini xabar bergan edi.

13 iyun kuni AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Volodimir Zelenskiy Italiyada o‘tgan G7 sammitda 10 yilga mo‘ljallangan xavfsizlik bo‘yicha kelishuvni imzolashgan edi. Hujjatda aytilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari 10 yil mobaynida Ukrainaga harbiy mahsulotlar, razvedka ma’lumotlarini takdim etadi, shunngdek ukrainalik harbiylarni shug‘ullantirib, mamlakatning harbiy-sanoat majmuasini rivojlantiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: