Toshkentda Aloqabank hamkorligida “Uzbekonomics” podkastining navbatdagi soni suratga olindi

Jamiyat 19:05 / 27.06.2024 3082

Kecha, 26 iyun kuni Toshkentda “Uzbekonomics” loyihasi 5 yoshga to‘lgani munosabati bilan, podkastning yangi soni Aloqabank hamkorligida jonli efirda va tomoshabinlar ishtirokida suratga olindi. 

Unda loyiha asoschilari, iqtisodiyot fanlari doktori – Botir Qobilov va Viskonsin universiteti tadqiqotchisi, fan doktori – Behzod Hoshimov ishtirok etdi.

Uchrashuv bankning innovatsion texnologik yutuqlari va natijalarini aks etgan taqdimot bilan boshlandi. Shuningdek, ekskursiya davomida ishtirokchilar bankning zamonaviy yondashuvi bilan tanishib, yangiliklar haqida ma’lumot oldi. 

Jonli uchrashuv davomida tomoshabinlar moliyaviy savodxonlik masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdi. Podkast yakunida barcha mehmonlar o‘zaro muloqot qilish imkoniyati bilan birgalikda Aloqabank tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alariga ham ega bo‘lishdi. 

“30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bu uchrashuv ayniqsa dolzarb bo‘ldi. Aloqabank yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bank yoshlarning kelajagi uchun muhim bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!”, – deyiladi xabarda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: