Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja Aloqabank aksiyalari sotuvini to‘xtatdi
Bank aksiyalari sotuvi to‘xtatilishi muomaladagi aksiyalarining bo‘linishi, keyinchalik bankning o‘z kapitali hisobiga qo‘shimcha aksiyalar joylashtirilishi bilan bog‘liq.

Foto: aloqabank.uz
“Toshkent” Respublika fond birjasi Aloqabank tijorat bankining oddiy va imtiyozli aksiyalari sotuvi 2024 yil 21 iyundan to‘xtatilganini e’lon qildi. Birja xabariga ko‘ra, bu bankning muomaladagi kichik aksiyalarini bo‘lish, shuningdek, bankning o‘z kapitali hisobidan aksiyalar qo‘shimcha aksiyalar joylashtirishi bilan bog‘liq.
Bu Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining 2024 yil 20 iyundagi xabariga muvofiq amalga oshirilgan.
Korporativ axborot yagona portalida esa 27 iyun kuni Aloqabank aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilishga chaqirib e’lon joylagan. Kun tartibidan Aloqabankning joylashtirilgan aksiyalarini maydalash va aksiyalar nominal qiymatini o‘zgartirish, uning oldingi aksiyalar chiqarilishlarini bekor qilish hamda e’lon qilingan aksiyalarining yangi sonini belgilash va tasdiqlash, shuningdek, bankning yangi aksiyalari chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish va Aloqabank aksiyalari yangi chiqarilishini joylashtirish tartibini tasdiqlash kabi masalalar o‘rin olgan.
Shuningdek, unda Aloqabank tomonidan “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilgan binoni sotish ham ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida “Tashkent city”da joylashgan davlatning uchta banki – O‘zsanoatqurilishbankning 33 qavatli, Asakabank va Aloqabankning 26 qavatli binolari (biznes markazlar) sotilishi e’lon qilingandi.
Sotuvga qo‘yiladigan Aloqabankning 26 qavatli binosi maydoni 81,439 kv metrni tashkil etadi. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida Aloqabank binosining loyiha qiymati 100 mln dollar, Asakabank binosi loyiha qiymati esa 102 mln dollar, O‘zsanoatqurilishbank binosining loyiha qiymati 137 mln dollarga baholangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

17:00 / 30.06.2025
“AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

19:00 / 13.05.2025
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

11:58 / 11.03.2025