Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident yirik sanoat obektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi.
Shuningdek, davlat rahbari Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.