O‘zbekiston va Ummon diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish shartnomasini imzoladi

O‘zbekiston 11:57 / 27.06.2024 1949

Masqat shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashdi.

"Hamkasbim Ummon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

O‘zbekiston va Ummon tashqi ishlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni yanada boyitish yo‘lida ustuvor yo‘nalishlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, "yashil" energetika, o‘zaro bog‘liqlik, kadrlar salohiyatini oshirish, xalq diplomatiyasini ilgari surish masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibini muhokama qildi. 

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma ham imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: