Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurmoqchi

Jahon 10:24 / 27.06.2024 4203

Polsha, Litva, Latviya va Estoniya 26 iyun, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqini Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa chiziqlari qurishga chaqirdi. «Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan tashqi chegarasi bo‘ylab mudofaa infratuzilmasi tizimini qurish Yevropa Ittifoqini harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qilish zaruriyatiga javob beradi», deyiladi Reuters agentligi iqtibos keltirgan to‘rt davlat rahbarlarining maktubida. Maktub Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyenga yo‘llangan.

Rossiya Federatsiyasi va Belarusdan kelayotgan gibrid tahdidlar orasida maktub mualliflari dezinformatsiya, kiberhujumlar, iqtisodiy bosim va uchinchi davlatlardan kelgan muhojirlarni chegaralarni kesib o‘tishga undash holatlarini alohida ta’kidlagan. 

Mudofaa chizig‘ini qurish 2,5 mlrd yevroga tushadi

Maktubda ta’kidlanishicha, ushbu loyiha ko‘lami va narxi «Yevropa Ittifoqining uni siyosiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli harakatlarini talab qiladi». Yevropa Ittifoqining ayrim diplomatlari Rossiya va Belarus bilan 700 kilometrlik chegara bo‘ylab shunday mudofaa chizig‘ini qurish narxini taxminan 2,5 milliard yevroga baholadi, deb yozadi Reuters. 

Yevropa mudofaasiga sarmoya kiritish 27-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa kengashi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadigan yig‘ilishda asosiy muhokama mavzularidan biridir. 

Rossiya-Finlandiya chegarasiga migrantlar oqimi

Finlandiya o‘tgan yili Suriya va Somali kabi davlatlardan kelayotgan muhojirlar oqimi ortidan Rossiya bilan chegarasini yopgan edi. Finlandiya Rossiyani migratsiyadan mamlakat va YeIga qarshi qurol sifatida foydalanganlikda aybladi. Kreml bu ayblovlarni rad etdi.

«Biz bir davlat qashshoq odamlardan boshqa davlatga bosim o‘tkazish uchun foydalanayotganini ko‘rmoqdamiz, shuning uchun bu - xavfsizlik muammosi», dedi aprel oyida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning harakatlariga ishora qilib. Uning ta’kidlashicha, Rossiya gibrid hujumlari nafaqat Finlandiya, balki butun Yevropa Ittifoqi xavfsizligiga tegishli. 

Ko‘proq yangiliklar: