Tadbirkor gaz bo‘yicha noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi

Jamiyat 08:17 / 26.06.2024 2062

Biznes-ombudsman xabariga ko‘ra, korxona barcha talablarga asosan faoliyat yuritib, gaz hisoblagichni qonuniy ravishda o‘rnatgan va servis xizmati shartnomasiga ega bo‘lgan. 

2024 yil 28 mart kuni “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda dalolatnoma asosida 231 mln so‘m qarzdorlik hisoblangan.

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan “O‘zenergoinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada haqiqiy qarzdorlik 33 mln so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. 

Tadbirkor noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: