Azerbaijan Airlines Bokudan Grozniy va Mahachqal’aga uchadigan reyslarini to‘xtatdi

Jahon 21:12 / 25.12.2024 2273

Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi Bokudan Grozniy va Mahachqal’aga parvozlarini to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya bayonotiga tayanib, APA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, reyslar Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni Qozog‘iston g‘arbiga qulab tushishini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan tergov yakuniga qadar to‘xtatiladi.

Kompaniyadagilarning qo‘shimcha qilishicha, «AZAL’ning qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlari doimiy jadvalga muvofiq amalga oshiriladi».

Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Aqtauda halokatga uchradi. Qulab tushgan samolyot bortida 64 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi omon qolgan.

Qozog‘iston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, havo kemasi bortida 37 nafar Ozarboyjon fuqarosi, 16 nafar Rossiya fuqarosi, olti nafar Qozog‘iston va uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.

Sputnik Ozarboyjon aviakompaniyaga tayanib samolyotning halokatiga qushlar bilan to‘qnashuv sabab bo‘lganini yozdi. Rosaviatsiya ham shu kabi sabablarni keltirdi. O‘z navbatida Orda.kz’ning ma’lum qilishicha, Mang‘istau viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida ballon portlab ketgan. Halokatga uchragan samolyot qoldiqlaridan halokatga sabab bo‘lgan elementlar izlariga o‘xshash noma’lum teshiklar topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: