Bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar miqdori 1 tonnadan oshdi

O‘zbekiston 08:11 1525

Bojxona qo‘mitasi xabar berishicha, 2024 yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi. 

9 mingga yaqin holatda 914 mlrd so‘mlik tovarlar, 35 mlrd so‘m ekvivalentidagi valuta qimmatliklari, 76 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirildi.

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish orqali 6 mingga yaqin eksportyor hamda 20 mingga yaqin importyorning ortiqcha sarf-xarajati va vaqti tejalishiga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: