Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning Haneda Turtle Service kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida agentlik va Haneda Turtle Service kompaniyasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.