Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 07:28 / 25.06.2024 1589

Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi

Shu bois bugun, 25 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Katta Hasanboy”, “Tiklanish” va “Qashqar” MFY hamda Markaz 4-mavzesining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;
  • Sergeli tumani: “Madaniyat” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: