Rossiya Bosh prokuraturasi AQSh Helsinki komissiyasini «nomaqbul tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritdi. Komissiyaning faoliyati «Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan» — tashkilot a’zolari mamlakat rahbariyatining tashqi va ichki siyosatini, huquqni muhofaza qilish organlari va sud tizimini obro‘sizlantiradigan materiallarni ommaviy ravishda tarqatmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura 25 dekabr, chorshanba kungi bayonotida ma’lum qilingan. Bundan buyon uning Rossiyadagi faoliyati taqiqlangan va rossiyaliklar u bilan hamkorlik qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
AQSh Helsinki komissiyasi 2023 yil may oyida prezident Jo Baydendan ATACMS ballistik raketalarini Ukrainaga topshirishga ruxsat berishni so‘radi. Bayden ma’muriyati 2023 yil sentabr oyida ATACMS'ni Kiyevga yetkazib berishni ma’qullaganida, komissiya qarorni olqishladi.
«PostRossiya davlatlari forumi» RFda terroristik deb tan olindi
Rossiya Oliy sudi muxolifatchi Ilya Ponomarevning separatistik kayfiyatdagi «PostRossiya erkin davlatlari forumi»ni Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori talabiga binoan terrorchi tashkilot deb tan oldi. Bu haqda 22 noyabr kuni Bosh prokuratura saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
Rossiya xavfsizlik tuzilmalari rasmiylariga ko‘ra, «PostRossiyaning erkin davlatlari forumi» «milliy va mintaqaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan» 172 tarkibiy bo‘linmadan iborat.
Forum veb-saytida uning maqsadi «Rossiya Federatsiyasi deb ataladigan hududni dekolonizatsiya qilish», «Moskoviya okkupatsiyasi va mustamlakasidan ozod qilish» va «yangi geosiyosiy sub’yektlarni yaratish, shuningdek, keyinchalik postrossiya makonining kelajakdagi mustaqil davlatlarini rekonstruksiya qilish» deb ko‘rsatilgan. Rossiya o‘rniga «Erkin davlatlar forumi» 41 ta mustaqil davlatni yaratishni taklif qiladi, jumladan: «Sibir Qo‘shma Shtatlari», «Smalandiya», «Kumikiya», «Kolandiya» va boshqalar.
2024 yil mart oyida «PostRossiya erkin davlatlari forumi»Rossiyada nomaqbul tashkilot sifatida tan olingan.