Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “KPMG” akademiyasi ochiladi

Jamiyat 18:10 / 24.06.2024 2264

20 iyun kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomon ham hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashdi. Jumladan, TSMRI va KPMG o‘rtasida o‘quv akademiyasi va LMS tizimini tashkil etish hamda KPMG faoliyatiga doir laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Bu jarayonda esa KPMG konsultantlari malaka oshirish kurslarini tashkil qilib, talabalarga ACCA va CFA yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berishlari kelishib olindi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: