Toshkentda mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi

Jamiyat 10:47 / 23.06.2024 3541

Toshkent shahri Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda “Chortoq” MFY hududida yashovchi O.K. uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: