Toshkent viloyatida “Damas” yonib ketdi

Jamiyat 18:15 / 20.06.2024 3861

Toshkent viloyati Parkent tumanida “Damas” mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 20 iyun kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 4R-15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida, Parkent bozori qarshisida 39 yoshli haydovchi J.B.ga tegishli bo‘lgan, to‘xtab turgan “Damas”da yong‘in yuzaga kelgan.

Oqibatda mashinaning bir qismi yonib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomobilda hech kim bo‘lmagan va harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: