Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan 4 kishi qutqarildi

Jamiyat 10:06 / 20.06.2024 7309

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolgani va ularga yordam zarurligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. 

Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar Kichik Oqsoy tog‘ining dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekani aniqlanib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: