RF davlat kompaniyalarida SSSR davridagi siyosiy axborot darslari qayta tiklanadi

Jahon 09:52 3181

Rossiyada davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi kompaniyalar o‘z xodimlarining saylovlarda «ongli ovoz berishini» ta’minlash uchun mehnat jamoalarida siyosiy ishlarni kuchaytirishga qaror qildi. Bunday ish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar Uzoq Sharq federal okrugi (UShFO)dagi mansabdor shaxslar va davlat kompaniyalari o‘rtasida tarqatilayotgan «Zampolit eslatmasi» broshyurasida tasvirlangan, deb xabar beradi «Verstka» nashri 25 dekabr, chorshanba kuni. 

Eslatma davlat nazoratidagi «Ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi» va Rossiya Federatsiyasi prezidentining Uzoq Sharqdagi vakili tomonidan ishlab chiqilgan, deya xabar beradi «Vestka»ga mintaqadagi ikki manba. Barcha darajadagi saylovlarda «ongli ovoz berish» broshyurada avtonom notijorat tashkiloti tuzilmalari qoshidagi «Hududiy boshqaruv markazlarida» o‘qitiladigan siyosiy xodimlar faoliyatining «asosiy ko‘rsatkichi» sifatida ko‘rsatilgan. «To‘g‘ri» saylovchilar amal qilishi kerak bo‘lgan g‘oyalar Rossiya hukumati va hukmron «Yagona Rossiya» partiyasining asosiy tezislari bilan mos keladi.

Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi

Rossiya politsiyasining vakolatlari kengaytiriladi — Rossiya Ichki ishlar vazirligi buyruq loyihasini tayyorladi, unga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlarining vakolatlari bundan buyon «an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash»ni o‘z ichiga oladi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida 8 noyabr kuni e’lon qilindi.

Tushuntirish xatida taklif etilayotgan o‘zgartirishlar budjet tizimining daromadlari yoki xarajatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi, Ichki ishlar vazirligining qo‘shimcha vazifalari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi qayd etilgan. Vazirlik «an’anaviy qadriyatlarni mustahkamlash va asrab-avaylash» bilan qanday shug‘ullanishi aniq emas.

Hozirgi vaqtda Rossiya Ichki ishlar vazirligining vazifalari rossiyaliklar va chet el fuqarolarining hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va mulkini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: